Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zavtosanoat”ga sobiq rahbarning qaytarilishi UzAuto Motors aksiyalarini yanada arzonlashtirdi
20 fevral kuni UzAuto Motors'ning har bitta aksiyasi narxi 78 697 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 27 mart holatiga aksiyalar narxi 55 ming so‘mgacha yoki 30 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi.
Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors IPO doirasida 0,3 foiz aksiyalar paketini fond birjasiga chiqargandi. Ochiq bozorga qo‘yilgan birinchi kunda kompaniyaning har bitta aksiya narxi 78 697 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 27 mart 12:30 holatiga aksiyalar narxi 55 ming so‘mgacha yoki 30 foizdan ko‘proqqa arzonlashgan.
E’tiborli jihati, Shavkat Umrzoqovning “O‘zavtosanoat” rahbarligidan ketishi fonida kompaniya aksiyalari 63 586 so‘mgacha ko‘tarilgan. Ulug‘bek Ro‘ziqulovning “O‘zavtosanoat” rahbarligiga qaytishi e’lon qilingan kundan buyon esa kotirovkalar narxi 55 ming so‘mgacha tushib ketdi.
Avvalroq, “O‘zavtosanoat”ga 2018 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Shavkat Umrzoqov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Uning o‘rniga O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Ro‘ziqulov tashkilot rahbarligiga qaytdi. U 2015-2017 yillarda ham “O‘zavtosanoat”ga rahbarlik qilgan.
Mavzuga oid
13:20 / 29.01.2026
«Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
09:10 / 11.01.2026
Navbatchi ustozlarga ish haqi va Boysunda neft buloqlari - hafta dayjesti
11:27 / 06.01.2026
Kam litrajli avtomobillar uchun bojlar oshdi
11:55 / 02.01.2026