Qurolli Kuchlar akademiyasi 100 yoshga to‘ladi
Joriy yilda Qurolli Kuchlar akademiyasi (sobiq Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti) tashkil etilganiga 100 yil to‘ladi (1918 yil 12 iyulda tashkil topgan). Shu munosabat bilan 11 – 12 iyul kunlari Qurolli Kuchlar akademiyasida tantanali tadbir o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oliy harbiy ta'lim muassasadan yetishib chiqqan ko‘plab o‘z kasbining mohir bilimdoni bo‘lgan ofitser va generallar Qurolli Kuchlar faxriga aylangan. Bugun mazkur oliy harbiy ta'lim muassasasi Qurolli Kuchlar akademiyasiga aylantirilgan bo‘lib, uni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan tub islohotlar izchil davom ettirilyapti.





Qutlug‘ sana munosabati bilan tashkil etiladigan tadbir doirasida 11 iyul kuni xalqaro harbiy-ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda oliy harbiy ta'lim muassasasining Qurolli Kuchlar va Vatan himoyasi uchun ofitser kadrlar tayyorlashdagi tarixiy hissasi haqida so‘z boradi. Bilim yurti tarixi haqida tayyorlanayotgan kitob, buklet, hujjatli film, videoroliklar hamda esdalik sovg‘alari bayramga munosib tuhfa bo‘ladi. Ta'lim muassasasi sobiq bitiruvchilari, faxriylar hamda tadbir mehmonlari uchun akademiya bo‘ylab ekskursiyalar tashkil qilinadi.






Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent metrosi kuniga o‘rtacha 780 ming yo‘lovchi tashiyapti
O‘zbekiston | 19:32
-
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi
Jahon | 19:21
-
Ko‘p qutbli dunyoda – Turkiya va turkiy birlik
O‘zbekiston | 19:14
-
O‘zbekistonda ilk bor “Eng yaxshi boshqaruv organi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston | 18:55
Mavzuga oid

22:32 / 09.01.2024
O‘zbek ofitserlari qanday tayyorlanadi: Qurolli Kuchlar akademiyasiga sayohat

21:30 / 12.01.2021
Qurolli Kuchlar Akademiyasida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

19:20 / 17.09.2019
Qurolli Kuchlar akademiyasi dala-o‘quv maydonida yangilangan o‘quv bazasi foydalanishga topshirildi

21:04 / 14.05.2019