Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘chada bolalar oyog‘iga igna tiqilgani holati bo‘yicha ikki kishiga jarima jazosi tayinlandi
Bog‘cha tarbiyachisi va amaliyot o‘tash uchun kelgan kollej talabasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning “yengil tan jarohati yetkazish” moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ularning har biriga BHM 4 baravari miqdorida jarima tayinlandi.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi bolalar bog‘chasida tarbiyalanuvchilar oyog‘iga igna tiqilgani holati yuzasidan sud hukmi chiqarildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining cayyor majlisida S.E. (1989 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, tarbiyachi) va M.R. (2003 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, kollej talabasi)ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.
Sudning 2023 yil 8 iyundagi qarori bilan ko‘ra ikki nafar shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ularning har biriga BHM 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Sud tomonidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘iga sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik yuzasidan mehnat munosabatlaridan kelib chiqib, rasmiy munosabat bildirish va tegishli chora-tadbirlar belgilash hamda huquqbuzarlik sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 313-moddasi tartibida taqdimnoma ham chiqarilgan.
Yangihayot tumanidagi 122-DMTT mutasaddilariga ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, tarbiyalanuvchilarni qabul qilinganlik holati va ular uchun to‘lovlar amalga oshirilganligini tekshirib, qonuniy baho berish maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 278-moddasi tartibida Yangihayot tuman prokuroriga xabarnoma yuborilgan.
Bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani 122-bog‘chada bolalarni uxlamagani uchun oyoqlariga igna tiqishayotgani aytilgan video-xabar tarqalgandi.
Bog‘chadagi guruhlardan biridagi tarbiyalanuvchilar uxlamaganligi sababli 2-3 nafariga igna tiqib olinganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tuman IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan.
Mavzuga oid
16:51 / 30.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi uyga qaytdi
13:53 / 29.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarda davolanayotgan bolalar soni 38 nafarni tashkil etmoqda
22:40 / 27.09.2025
Zaharlangan mingta murg‘ak va dunyoda yo‘q AES - hafta dayjesti
15:15 / 27.09.2025