Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etgan firibgarlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
19 oktyabr kuni prezident «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Endilikda ushbu qilmish BHMning 300 baravari (90 mln so‘m)dan 400 baravari (120 mln)gacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etib 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bunga qadar Jinoyat kodeksining 168-moddasi ikkinchi qismi «v» bandiga ko‘ra, firibgarlik kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, 30 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanardi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga moddiy madaniy meros obektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik kiritildi.
Endilikda huquqbuzarlik og‘irlashtiruvchi holatlarda 15 sutka ma’muriy qamoqqa olishga yoki BHM 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:29
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning yangi tartibi belgilandi
08:00 / 29.01.2026
Telegrafdan kvant kompyuterlarigacha: 7 gigantning evolyutsiyasi
20:47 / 05.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
14:29 / 16.11.2025