Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yoshlariga qoyilmaqom takliflar bermoqchimiz - Angry Birds asoschilaridan bo‘lgan fin tadbirkori bilan suhbat
Kun.uz muxbiri O‘zbekistonga tashrif buyurgan finlandiyalik jahonga mashhur tadbirkor, Angry Birds o‘yini ishlab chiquvchilaridan biri bo‘lgan geymdizayner, FinEst Bay Area kompaniyasi asoschisi Piter Vesterbaka bilan suhbat uyushtirdi.
— O‘zbekistonga xush kelibsiz, Piter!
Rahmat.
— Biroz g‘ayrioddiy usulda kiyinar ekansiz. Buning sababi bormi?
Men doim qizil xudi kiyaman. Pandemiya paytida niqobim ham qizil edi. Men doim qizil kiyinaman. Birinchidan, bu ajralib turish uchun samarali yo‘l. Shuningdek, o‘zim ham qizil rangni yaxshi ko‘raman.
Qolaversa, Rovio kompaniyasida (o‘sha mashhur Angry Birds o‘yinini ishlab chiqqan kompaniya - tahririyat) ishlayotganimda Germaniyada biznes tadbirga bordim va sahnaga chiqdim. Keyin meni va boshqa uch qatnashchini suratga olishlarini iltimos qildim. Keyin Rovio Entertainment ofisi joylashgan Finlandiyaning Espu shahriga qaytdim. Suratni jamoamizga ko‘rsatdim. Suratdagi to‘rt kishining uch nafari to‘q rangdagi rasmiy kiyimda edi. Ularning birigina qizil xudi va qizil poyabzal kiyib olib ajralib turardi.
Marketing sohasida ajralib turish, farqli bo‘la olish kerak! Shundan keyin Rovio Entertainment marketing bo‘limi rahbari kompaniyaning barcha xodimlari uchun qizil xudiga buyurtma berdi. Shu tariqa, qizil xudi Angry Birds’ning uniformasiga aylandi. Binobarin, bugungi kabi biror tadbirga borganda, Angry Birds xodimini ajratib olish oson bo‘ladi. Qizil xudi kiyganim bilan bog‘liq yuzlab hikoyalarni aytib berishim mumkin.
— Nega Finlandiyada qolgansizlar? Sharoiti yaxshiroq bo‘lgan Kremniy vodiysiga o‘xshash joyga ko‘chmagansizlar?
— Kremniy vodiysida ko‘p marta bo‘lganman. Aslida men faoliyatimni texnologik startapda boshlaganman. Bu Bill va Deyv Palo Altodagi garajda 1930-yillarda asos solgan kompaniya edi (Hewlett-Packard kompaniyasi nazarda tutilmoqda - tahririyat). Men Bill va Deyv o‘sha yerda ishlayotgan paytlarda uchrashganman. Ular nafaqat NR, balki butun Kremniy vodiysiga asos solishgan. Men NR’da uzoq yillar ishladim. G‘aroyib joy. Bu ilhom manbayi. Hozirda Finest Bay Area’da faoliyat olib boryapman. U Finlandiyadagi kichik ko‘l atrofida joylashgan. Bizda Finlandiyaning boshqa hududlari, Estoniya, Shvetsiya va Rossiyadan kelib ishlayotganlar bor. Hozircha biz Kremniy vodiysi va Xitoydan ancha muvaffaqiyatliroq ishlayapmiz. Unicorn Company bu kapitalizatsiyasi milliard dollardan oshadigan startap.
Bizdan janubda joylashgan va bir million uch yuz ming aholiga ega Estoniyada 6ta ana shunday kompaniya bor. Shuningdek, bizda Spotify, Kaloor, Skype, Angry Birds va boshqa kompaniyalar ham bor. Kishi boshiga qiyoslaganda, bu kabi tarix yaratishda biz Kremniy vodiysi va Xitoydan ko‘ra ancha muvaffaqiyatliroqmiz bu borada. Finest Bay Area’da biz iste'dodlar ulushini dunyoning istalgan boshqa nuqtasiga nisbatan ko‘paytirmoqchimiz.
Hozirda poytaxt Xelsinkini boshqa shaharlar bilan bog‘laydigan tunnel quryapmiz. Bu 15 milliard yevrolik loyiha. Bu yerga kelishimdan maqsadlardan biri bizga texnologik sohada besh yil ichida egallanishi kerak bo‘lgan 50 mingdan ortiq ish o‘rinlari bor. Biz O‘zbekiston yoshlariga bizdagi kompaniyalarda ishlash uchun qoyilmaqom takliflar bermoqchimiz. Shuningdek, Finlandiyada firma ochish juda oson. Binobarin, barcha o‘zbek yoshlarini taklif qilamiz. Agar siz Yevropa Ittifoqida, Yevropada kompaniya ochmoqchi bo‘lsangiz, unda Finlandiya va Finest Bay Area ta'lim olish va kompaniya yuritish uchun ajoyib joy. Biz shu yerdaligimizning sabablaridan biri shu.

Shuningdek, biz fin ta'limini yoshlar bilan baham ko‘rmoqchi edik. Biz bu yerda ekanimizdan, ta'lim va yangi narsalarni o‘rganish haqida suhbat qurishdan mamnunmiz.
— O‘zbekistonda nima sizni eng ko‘p hayratga soldi?
— Ko‘p narsa. O‘tgan yili fevralda O‘zbekistonga kelishimdan avval ko‘p narsa bilmasdim. Bu safargi tashrifda Toshkentdan tashqariga chiqib, avval men va yigitlar eshitmagan juda zo‘r shahar va tumanlarga bordik. Buxoroga ham bordik.
Do‘stlarimga bu ilgari sizlar hech qachon eshitmagan va men borgan shaharlarning ichida eng ajoyibi deb aytdim. Buxoro haqida eshitmagandim, tan olaman. Samarqandga ham bordik. Samarqand Buyuk Ipak yo‘lining markazi bo‘lganini barcha biladi. Tarixingiz haqida ko‘p narsa bilib oldik. Bu yerda men avval tasavvur qilmagan ko‘p ishlarni qilsa bo‘ladi, deb o‘ylayman.
Har kuni O‘zbekiston haqida yangi narsalar o‘rgandim. Bu yerda, ayniqsa, yoshlar bilan yangi narsalarni baham ko‘rishga harakat qildim. Fikrimcha, fin tilida O‘zbekiston so‘ziga uyqash bo‘lgan so‘z borligi ajoyib. Masalan, rokston. Bu bizning tilda «sevgi», «yaxshi ko‘rish», degani. Demak, Rokston Uzbekistan deganingizda «men O‘zbekistonni yaxshi ko‘raman» degani bo‘ladi.
Rokston Uzbekistan deganingizda o‘zbekchaga o‘xshab chiqarkan. Bu haqda yoshlar bilan ko‘p gaplashdik.
— Oddiy fuqaro sifatida ayting-chi: yuqori yashash standartlariga qanday erishish mumkin?
— Ha, mening fikrimcha, hammasini ta'limdan boshlash kerak. Biz qilayotganimiz kabi. Xursand qiladigan prezidentlaring o‘tgan yili noyabrda Finlandiya ta'lim tizimiga e'tibor qaratish va undan ilhom olish kerakligini aytgani bo‘ldi. Biz bu yerdaligimiz sabablaridan biri, fikrimizcha, birgalikda ajoyib narsalarga erishamiz. Shuning uchun ko‘plab bog‘cha, maktab va universitetlarga bordik. Biz pilot loyiha sifatida fin tilini o‘rgatishni boshladik. Chunki biz yoshlarga Finlandiya maktablarida tajriba almashishlarini istaymiz. Ajoyib maktab loyihamiz bor.
Bu yilcha shu yerdan boshlaymiz. Kelasi yili yuzlab o‘zbek yoshlarini fin tilini o‘rganish va Finlandiya maktablarida o‘qish uchun olib ketmoqchimiz. Buning xudbin boisi bor. Agar siz kam va o‘sishdan to‘xtagan aholisi bor davlatda yashasangiz, davlatingizda qoyilmaqom ish o‘rinlari bo‘lsa, yuqorida aytib o‘tganim kabi texnologiya sohasining o‘zida 50 ming, shuningdek boshqa sohalarda ham ko‘plab o‘rinlar mavjud joyda yashashansagiz shunday qilishga majbur bo‘lasiz. Biz qoyilmaqom ta'lim va ajoyib imkoniyatlar taqdim qilmoqchimiz. O‘quvchi-talabalarning bir qanchasi Finlandiyada qolib bir necha yil yashashga qaror qilishadi degan umiddaman. Ko‘pchiligi bu yerga qaytib, yangi jamiyat qurishadi albatta. Oxir-oqibat bu har ikkala taraf ham yutadigan vaziyat va bundan juda xursandmiz. Biz bir oy muqaddam fin tili o‘rgatilayotgan maktab o‘qituvchisi va o‘quvchilari bilan uchrashdik. Men o‘quvchilar bilan fin tilida bemalol gaplasha oldim. Ularni Finlandiyadagi maktablarda kutamiz. Bizda, Finlandiyada, ajoyib maktablar bor.
— Piter, suhbat uchun rahmat!
— Sizga ham rahmat.