Tez orada Tallin va Xelsnikini temir yöl tunneli boğlaşi mumkin. Maşhur Angry Birds kompyuter öyinini işlab çiqqan Piter Vesterbaka Fin körfazi orqali suv osti yölining qurilişi bilan şuğullanişni rejalaştirmoqda. 

Yaqindagina Rovio kompaniyasining marketing departamenti rahbari lavozimini tark etgan işbilarmonning sözlariga köra, loyiha Finlyandiya va Estoniya tomonidan qöllab-quvvatlangan taqdirda, tunnel qurilişi kelgusi yilda boşlanadi. Uni beş yilda quriş mumkin. Şu tariqa, tunnel 2030-yillar emas, 2020-yillarda tayyor böladi, deydi Vesterbaka Finlyandiyaning "Xyufvudstadsbladet" naşriga. 

Bölğusi temir yöl liniyasi böylab soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlanuvçi tezyurar poyezdni işga tuşiriş möljallangan. Yölovçi 50 yevroga çipta olib, Tallindan Xelsnikigaça atigi 20 daqiqa sarflaydi. Bundan taşqari, Vesterbaka Fin körfazi ostida muntazam yuk taşişni yölga qöymoqçi. 

Rejaga köra, ikki şahar örtasida har birining diametri 17 metrdan bölgan ikki tunnel liniyasi yölga qöyiladi. Işbilarmonning sözlariga köra, uzluksiz temir yöl tizimi uçun bu keragidan ortiq demakdir. Uning qurilişi uçun 12 burğulaş uskunasi talab qilinadi. 

Loyihaning dastlabki qiymati 15 milliard yevroga baholanmoqda. Vesterbakaning ta'kidlaşiça, qurilişga davlat mablağlarini jalb qilişga hojat yöq. "Loyiha töliq xususiy. Biz davlat yoki Yevropa mablağlariga muhtojlik sezmaymiz va loyihani imkon qadar tezroq amalga oşiriş uçun barça jarayonlarni optimallaştirişga harakat qilamiz. Bu mablağlarni tejaş imkonini beradi", - deydi u.

Finlyandiyalik işbilarmonining rejasiga köra, boşlanğiç bosqiçda işlar Xitoy sarmoyalari hisobiga moliyalaştiriladi. Taxminlarga köra, tunnel 37 yilda sarflangan pulni oqlaydi.