Shavkat Mirziyoyev shu hafta Rossiyaga boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu hafta Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi.
«O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Rossiyaga kelmoqda. Bu, Shavkat Mirziyoyevning yaqinda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi va undagi g‘alabadan keyingi ilk xorijiy tashrifi ekani hisobga olinsa, muhim voqeadir», — deyiladi «Moskva. Kreml. Putin» dasturida.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining Rossiyaga tashrifi noyabr oyida amalga oshirilishini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda Rossiyaga davlat tashrifi bilan borishi haqida ilk bor 2020 yilning dekabrida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘rtasidagi muzokaralarda muhokama qilingandi.
2021 yilning fevralida Abdulla Aripovning Mixail Mishustin bilan uchrashuvidan keyin Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi shu yil bahorda bo‘lib o‘tishi haqida xabar tarqalgan, ammo O‘zbekiston tomoni bu xabarni tezda rad etgandi.
Shuningdek, joriy yilning iyulida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va prezident Shavkat Mirziyoyev o‘rtasidagi uchrashuvda bo‘lajak oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e'tibor qaratilgani xabar berildi.
2021 yil avgust oyida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi qoldirilmagani, faqat epidemiologik vaziyat tufayli muddati aniq bo‘lmay turganini bildirdi.
Mavzuga oid
21:20
“Ozarboyjon birorta ham ortiqcha talab qo‘yayotgani yo‘q, Rossiya shartlarni bajarishni paysalga solyapti” - ekspert
18:36
Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot favqulodda Moskvaga qo‘ndi
17:44
Halokatga uchragan AZAL samolyotining «qora quti»lari tahlili yakunlandi
15:18