Shavkat Mirziyoyev bahorda Rossiyaga borishi haqidagi xabar rad etildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin vaqtlar ichida Rossiyaga tashrif bilan borishi haqida tarqalgan xabarlar rad etildi. Bosh vazir Abdulla Aripovning matbuot xizmati vakili Bekzod Hidoyatov feysbukdagi sahifasida blogerlar tomonidan noaniq xabar tarqatilganini ma'lum qildi.

«Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi mart-aprel oylarida bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari tashrifga tayyorgarlikni muhokama qilishdi». Blogerlar tomonidan yuqoridagi mazmunda xabarlar tarqatilmoqda. Chindan ham kecha, 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Almati shahrida Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Uchrashuvda xabarlarda aytilganidek mart-aprel oylarida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi emas, hukumat rahbarlari darajasida qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini shu oylarda o‘tkazish masalasi muhokama qilingan. Oliy darajadagi tashrif bilan bog‘liq muddatga mart-aprel oylarining aloqasi yo‘q», deya aniqlik kiritgan bosh vazir matbuot xizmati vakili.
4 fevral kuni Almatida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashdi. Rossiya hukumati matbuot xizmati O‘zbekiston prezidentining davlat tashrifi bilan Rossiyaga kelishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, shuningdek, imzolash uchun bir qator hujjatlar to‘plami ishlab chiqilishi, mazmunga boy dastur tayyorlanishi haqida xabar bergan. Lekin xabarda tashrif sanasi aniq keltirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga oxirgi marta 2020 yilning iyunida amaliy tashrif bilan borgandi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 24 may kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 15:31
-
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
Jahon | 15:18
-
OAV: Hamasning navbatdagi qo‘mondoni Muhammad Sinvar ham o‘ldirildi
Jahon | 15:06
-
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi
O‘zbekiston | 13:37
Mavzuga oid

15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi

20:32 / 12.05.2025
Tehronda Eron prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

21:05 / 11.05.2025
Tehronda O‘zbekiston-Eron biznes forumi o‘tkazildi

01:01 / 01.05.2025