Prezidentning Rossiyaga tashrifi muddati hali ma'lum emas – Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan haftadagi tadbirlari va joriy haftadagi rejalari bo‘yicha ma'lumot berdi. Uning ma'lum qilishicha, davlat rahbarining Rossiyaga tashrifi sanasi hozircha ma'lum emas.
«Prezidentimizning Rossiya federatsiyasiga tashrifi qoldirilmagan. Faqat epidemiologik vaziyat tufayli muddati aniq bo‘lmay turibdi. Shunga qaramay bu borada ishlar davom etmoqda. Xususan, hukumat a'zolari tashrif bo‘yicha muloqotni mantazam ravishda olib bormoqdalar.
Joriy yil 22 iyun kuni bosh vazirimiz Abdulla Aripov va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin o‘rtasida hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Rossiya tomonidan Rustam Minnixanov, Mixail Murashko, Oleg Belozyorov O‘zbekistonda bo‘lib qaytishdi.
Bevosita davlat rahbarlarining uchrashuvlarining aniq sanalari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot beramiz», dedi Sherzod Asadov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda Rossiyaga davlat tashrifi bilan borishi haqida ilk bor 2020 yilning dekabrida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘rtasidagi muzokaralarda muhokama qilingandi.
2021 yilning fevralida Abdulla Aripovning Mixail Mishustin bilan uchrashuvidan keyin Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi shu yil bahorda bo‘lib o‘tishi haqida xabar tarqalgan, ammo O‘zbekiston tomoni bu xabarni tezda rad etgandi.
2021 yil aprelida Sherzod Asadov prezidentning Rossiya va Janubiy Koreya tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida xabar qilgandi.
Mavzuga oid

18:12 / 03.05.2025
Jamiyatda jurnalist mehnati hurmat qilinadigan muhitni saqlab qolish muhim - Sherzod Asadov

16:11 / 17.04.2025
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi

15:55 / 25.02.2025
Sherzod Asadov Qozog‘istonning yetakchi OAV holdingi asoschisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

17:36 / 07.02.2025