O‘zbekiston | 17:39 / 22.12.2020
16252
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda Rossiyaga davlat tashrifini amalga oshiradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda Rossiyaga davlat tashrifi bilan boradi. Rossiya TIV xabar berishicha, 21 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralarda ushbu masalani muhokama qilgan.

«Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi ham muhokama qilindi», deyiladi Rossiya TIV xabarida. 

Vazirlar bu tashrif doirasida imzolanishi rejalashtirilgan davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlashgan.

Shuningdek, tomonlar tashqi siyosiy aloqalarning dolzarb masalalari, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining muhim mavzulari bo‘yicha fikr almashishgan.

Ikki mamlakatning tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlikni davom ettirish, shu jumladan, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda bir-birini qo‘llab-quvvatlashga tayyorliklarini bildirishgan.

Mavzuga oid