O‘zbekiston | 18:09 / 01.08.2023
10972
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyati qurilish boshqarmasi shu’ba boshlig‘i pora bilan ushlandi

U ko‘pqavatli uy-joy binosi loyihasini tasdiqlatib berishi evaziga 500 dollar olgan.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazdi.

Unda Qashqadaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal ho‘jaligi boshqarmasi shu’ba boshlig‘i H.N. tanishlari yordamida «D.M» korxonasiga «Paxtazor-1» mahallasida joylashgan ko‘pqavatli uy-joy binosi loyihasini tasdiqlatib berishi evaziga 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid