Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda hamshira, shifokor va o‘qituvchilarning maoshlari bir necha baravarga oshiriladi - vazir o‘rinbosari
2021 yil O‘zbekistonda o‘qituvchilar, shifokorlar va hamshiralarning maoshlari bir necha barobarga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov ma'lum qildi.
«Tibbiyot xodimlarining oylik masalasi judayam og‘riqli. Sizni ishontirib aytamanki, prezident yaqin kunlarda, yaqinlashib kelayotgan 2021 yilda hamshiralar, shifokorlar, o‘qituvchilarning ish haqi bir necha baravar oshiriladi, deb aytdilar», – dedi Inoyatov 18 dekabr kuni Toshkentda boshlangan yoshlar forumidagi nutqida.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, vazir o‘rinbosari xorijga ishlash uchun ketgan o‘zbekistonlik shifokorlarni qaytarish masalasiga ham to‘xtalgan.
«O‘zbekistondagi maoshlarning pastligi va infratuzilmaning yetishmasligi tufayli ko‘plab shifokorlar mamlakatni tark etishgan. Ular chet eldagi qulayliklar tufayli mamlakatni tark etishdi. Ularni qaytarishning yagona usuli – qoniqtiradigan maosh. Yaqinda prezident tez tibbiy yordam shifokorlarining ish haqini 1000 dollarga ko‘taramiz, deb e'lon qildi.
Agar Afrikada ular o‘rtacha 3000 dollar maosh olsalar, bu yerda o‘sha maosh 1000 dollarga teng bo‘ladi. Biz endigina oyoqqa turayotgan yangi mamlakatmiz. Bosqichma-bosqich bu darajaga, albatta, yetib boramiz», – dedi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va shifokorlar maoshini 1000 dollarga yetkazish niyati haqida yana bir bor ta'kidlagan edi.
«Oddiy muallim 1000 dollar ish haqi olmasa, u ishga kelishi kerak emas. Shifokor ham xuddi shunday, 1000 dollar olmasa, ertaga uyga borib bolasini, nabirasini qanday boqadi? Qilishimiz mumkinmi? Mumkin», – degandi davlat rahbari.
Mavzuga oid
22:57 / 23.12.2025
Tez yordamning yetib borish vaqti 3 barobar qisqardi – SSV
17:35 / 13.12.2025
Toshkentda retsepsiz dori sotish to‘xtadi. Dorixonalarda vaziyat qanday?
19:13 / 12.12.2025
Akademik Abdulla Ubaydullayev vafot etdi
11:28 / 06.12.2025