Jamiyat | 18:09 / 20.05.2018
43702
3 daqiqa o‘qiladi

Bir hadis sharhi – Yaxshilik rizqni ko‘paytiradi, umrni uzaytiradi

KUN.UZ tahririyati tomonidan taqdim etilayotgan “Islom nuri” dasturi doirasida “Bir hadis sharhi” deb nomlangan kichik ko‘rsatuv o‘rin olgan. Shu munosabat bilan poytaxtning Xo‘ja Alambardor jome masjidi imom xatibi Rahimberdi Rahmonov huzurida bo‘ldik.

Foto: Rahimberdi Rahmonov/Kun.uz

- Rasuli akram (s.a.v)dan bir hadis bor. Sarvari koinot yangi turmush qurgan oilaning haqiga duo qilardilar. Ya'ni, “Parvardigor, ikki yoshning o‘rtasini yaxshilik ila jam ayla”. 

Vaholanki, yangi turmush qurgan oila uchun juda ko‘p narsa kerak. Uzoq umr, tani sog‘lik, baxtu saodat, molu davlat... Lekin Muhammad (s.a.v) bitta narsani so‘rayaptilar - Parvardigor ikki yoshning o‘rtasini yaxshilik ila jam ayla. Yosh er-xotinning o‘rtasida, uning e'tiqodida, uning fe'l-atvorida yaxshilik bo‘lsa, boshqa biz so‘ramoqchi bo‘lgan narsalarning barchasi uning ketidan keladi. 

Payg‘ambarimiz alayhissalom aytadilar: “Rizqingizga sadaqa bilan ko‘mak bering”. Sadaqa degan so‘zni odatda biz past ma'noda ishlatamiz. Aslida, sadaqa so‘zi “sidq” so‘zidan olingan bo‘lib, “yaxshilik” degan ma'noni anglatadi. Ya'ni, payg‘ambarimiz aytmoqchilarki, rizqingizga yaxshilik ila, ezgulik ila ko‘mak bering. 

Bandaning rizqi bitib qo‘yilgan. Lekin banda yaxshiliklarga rag‘bat qilsa, taqdiriga bitilgan rizqqa ziyodalik kiradi. Hattoki, yaxshilikning natijasida bandaning uch kunlik umri qolgan bo‘lsa, Alloh taolo uni 30 yilga cho‘zib qo‘yishi mumkin. Umrimiz ziyoda bo‘ladi.

Suhbatning davomini quyidagi videolar orqali to‘liq tomosha qilish mumkin.

Youtube'da ko‘rish

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mover.uz'da ko‘rish

Maqola O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi.

Mavzuga oid