“Bir hadis şarhi” dasturining bugungi mehmoni poytaxtdagi “Hazrat Ali” jome masjidi imom xatibi Salohiddin Şaripov. U kişi Payğambarimiz (s.a.v) hayotlarida yuz bergan va butun Islom ummati uçun ilm manbaiga aylangan voqea haqida söz yuritadilar.

YouTube'da tomoşa qiliş

Tas-IX'da tomoşa qiliş

Hazrati Umar (r.a)dan rivoyat qilinadi. U kişi aytadilar: “Biz bir kuni Rasulullohning (s.a.v) huzurlarida ötirgan edik. Bir payt bizlarning oldimizga bir kişi kirib keldi. Kiyimlari oppoq, top-toza, safar qilib kelgan odamning kiyimiga öxşamaydi. Soçlari qop-qora. U kişida safarning asari körinmas edi. U kişini bizlardan biror kişi tanimadi. U kişi kelib payğambarimizning oldilariga ötirdilar, tizzalarini Rasulullohning (s.a.v) tizzalariga tekkazdilar. Ikki kaftlarini sonlariga qöydilar. Va aytdilar: “Ey Muhammad, menga Islomdan xabar bering”. Payğambarimiz alayhissalom dedilar: “Islom – Allohdan özga iloh yöqligiga va Muhammad uning rasuli ekanligiga şahodat keltirişing. Namoz öqişing, zakot berişing, Ramazonning rözasini tutişing va yölga qurbing yetsa Baytullohni haj qilişing”, dedilar. U kişi: “Töğri aytdingiz”, deb tasdiqlab qöydi.

Hazrat Umar aytadilarki: “Biz u kişidan ajablandik, özi sörayapti-da, javobini özi tasdiqlab qöyyapti”. Va u kişi yana payğambarimizdan söradilar: “Menga iymondan xabar bering”. Payğambarimiz dedilar: “Iymon – Alloh taologa, maloikalariga, kitoblariga, payğambarlariga, oxirat kuniga va taqdirning yaxşi va yomonligi Allohdan ekanligiga iymon keltirişingizdir”. U kişi yana “Töğri aytdingiz”, dedilar.

U kişi yana söradilar: “Ehsondan menga xabar bering”. Payğambarimiz javob berdilar: “Ehson – Alloh taologa uni körib turganingizdek ibodat qilişingizdir. Agar siz uni körmayotgan bölsangiz, u sizni körib turibdi”, dedilar.

Şarh: Payğambarimiz (s.a.v) ehson tuşunçasini ana şunday şarh qildilar. Ibodat degani faqat namoz, zakot, röza, haj degani emas, bu yerda umumiy ma'noda kelmoqda. Ibodat degani bandalik degani. Ibodat sözi “abd” sözidan olingan bölib, ma'nosi “qul”, “banda” degani. Biz xuddi Alloh taolo körib turganidek, banda bölib yuraylik.