KUN.UZ tomonidan loyihalaştirilgan “Bir hadis şarhi” deb nomlangan dasturning bugungi sonida Islom dinining beş ustuni haqida söz boradi. Bu haqda poytaxtning “Islomobod” jome masjidi imom xatibi Abdulhamid Jumanov sözlab berdi.
YouTube'da tomoşa qiliş
Tas-IX'da tomoşa qiliş
- Payğambarimiz (s.a.v) marhamat qilib aytdilarki: “Islom beşta ustun ustiga qurildi. Birinçisi “La ilaha ilalloh, Muhammadun rasulalloh”, deb şahodat berişlik. Ikkinçisi namoz öqiş. Undan keyingisi zakot berişlik va undan keyingisi haj qilişlik va oxirgisi röza tutişlikdir”.
Beş ustundan biri şahodat. Bilamizki, Islom dini oldingi dinlarni töldiruvçisi, ularning davomçisidir. Payğambarimizga yangi din yuborilgani yöq. U Zot özlaridan oldin kelgan payğambarlarning dinini davom ettirdilar. Hamma payğambarlarning sözi bitta edi – Allohdan boşqa iloh yöq. Insonni musulmon qiladigan, uni boşqa din vakillaridan ajratadigan, iymonining belgisi şahodatdir. Musulmon kişining asosiy belgisi bu – Allohga iymon keltiriş va Allohni bizga tanitgan zot Muhammad (s.a.v)ni payğambar, rasul ekanliklarini e'tirof etiş.
Ikkinçi ustun – namoz. Payğambarimiz (s.a.v) aytadilarki: “Ğayridin va musulmonning örtasidagi farq namozdir”. Namoz şunday bir ibodat-ki, uni tark etişga biron-bir insonga yöl yöq. Ba'zi bir insonlar öz holatlaridan norozi bölişar, lekin ayni haqiqat şu-ki, musulmonman deb da'vo qilib turib, masjidning eşigini topolmaydigan, umrida biror marta peşonasi sajda körmagan, namoz öqişlikni bilmaydigan inson, Alloh saqlasin, nasroniylarning fe'lini qilib turgan odamga öxşaydi. Çunki nasroniylar biz nasroniymiz deydi, lekin ibodatlarini qilişmaydi.

Navbatdagi uçinçi ustun – zakot beriş. Zakot moliyaviy ibodat bölib, ya'ni insonning moli ma'lum bir darajaga yetganidan söng öşandan ma'lum bir qismini ehson qiladi. Ammo bu hammaga ham emas. Bu imkoniyati bor, moli öşa darajaga yetgan mömin-musulmonlar uçun. Masalan, qöyi 40taga yetgan inson, ulardan birini zakot qiladi. Şu hisobga yetmagunça zakot bermaydi.















