“Bir hadis şarhi” dasturining bugungi sonida “Qarindoşçilik aloqalarini mustahkamlaş” mavzusida söz boradi. Bu mavzu haqida kelgan hadisni “Kamoliddin Orif – al Buxoriy” jome masjidi diniy xodimi Qobil qori Odiljon öğli batafsil şarhlab berdi.
- Payşanbadan jumaga ötar keçasi Abu Hurayra (r.a) keldilar. Şunda jamoatga qarab aytdilarki: “Ey birodarlar, sizlarga bir narsadan xabar beraymi? Mana şu jamoat orasida bir otadan, bir onadan tuğilib, jigarçilikni uzgan kişi bölsa, silai rahmni töxtatgan odam bölsa, bugun bu majlisdan tursin, men bilan ötirişga noloyiq”, dedilar. Buni ikkinçi marotaba ham takror aytdilar.
Uçinçi marta aytganlarida bir yigit örinlaridan turib, majlisdan uzoq vaqtga uzoqlaşdilar. Keyin u kişi haqda bilsalar, yigit ammasi bilan ixtilofda yurgan ekan. Yigit ammasining huzuriga borganida, qarindoşi unga qarab: “Ha, akamning öğli. Seni nima boşlab keldi? Ey jiyan, şunça paytdan buyon meni unutgan eding. Bugun qadamingni bosib kelişingga, bu xonadonga kirib kelişingga nima sabab böldi?”, deb sörabdi. Yigit javob berdi: “Abu Hurayraning sözlari sabab böldi. Qarindoş-uruğçilikni uzganlarning holi nima bölişini aytaymi, deganlarini eşitib, huzuringizga keldim”. Yigit ammasi bilan yaraşib, örtadagi xusumatni yöqotdi.

diniy xodimi Qobil qori Odiljon öğli
Şunda yigitning ammasi aytdi: “Sen Abu Hurayradan söragin. Nega endi payşanbadan jumaga ötar keçasi bu gapni ta'kid qildi?”. Yigit borib söraganida Abu Hurayra (r.a) marhamat qilib, şunday javob qaytargan ekanlar: “Men Nabiy (s.a.v)dan şunday gap eşitganman: “Har hafta, payşanbadan jumaga ötar keçasi bandaning bir haftalik qilgan amallari Yaratgan dargohiga kötariladi”. Agar qarindoş-uruğçilik riştalarini uzgan bölsak, qolgan amallarimiz ham Alloh tomonidan qabul qilinmas ekan”.
Maqola Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning xulosasi asosida tayyorlandi.














