1 oktabrdan issiq va sovuq suv narxlari oshadi
1 oktabrdan O‘zbekiston poytaxti aholisi va tashkilotlar uchun markaziy isitish hamda issiq suv ta'minoti tarifi oshadi. Bu haqda «Toshissiqquvvati» korxonasi ma'lumoti asosida «Toshkent oqshomi» va «Vecherniy Tashkent»gazetalarida e'lon qilingan .
Tariflar oshishi yoqilg‘i va materiallarning qimmatlashuvi bilan bog‘liq hisoblanadi.
Issiq suv va isitish tizimi
Issiq suv ta'minotining yangi tarifi aholi uchun hisob uskunasi bo‘lgan taqdirda kubometriga 3736,92 so‘mni (amaldagi tarif — 3459,9 so‘m, — 8%), hisoblagich o‘rnatilmagan taqdirda kishi boshiga oyiga 14593,56 so‘mni (amaldagi tarif — 13511,73 so‘m) tashkil qiladi. Umumiy dushxonaga ega yotoqxonalarda narx kishi boshiga 10856,2 so‘mga yetadi (amaldagi narx — 10051,42 so‘m). Markaziy isitish tizimi uchun to‘lov narxi kvadrat metrga 1169,7 so‘mdan 1263,35 so‘mga ko‘tariladi.
Sovuq suv
«Suvsoz» davlat unitar korxonasi xabar qilishicha, 1 oktabrdan Toshkent aholisi uchun suv ta'minoti xizmati yangi tariflar bo‘yicha hisoblanadi.
Markazlashgan issiq suv ta'minoti tizimiga ega ko‘p qavatli xonadonlar uchun yangi tarif (issiq suv hisoblagichi mavjud bo‘lmagan holatlarda) 1 kubometr uchun 410 so‘m (hozir 390 so‘m), issiq suv ta'minoti markazlashmagan xonadonlar uchun 295 so‘m (hozir 280 so‘m) deb belgilandi.
Xususiy uylarda esa kanalizatsiya xizmatini qo‘shganda har bir kubometr uchun 295 so‘mni (hozir 280 so‘m), kanalizatsiyasiz 180 so‘mni (hozir 170 so‘m) tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, issiq va sovuq suv uchun to‘lov hisoblagichi bo‘lmagan aholiga issiq va sovuq suv ta'minoti uchun belgilangan tariflarga 1,5 koeffitsiyentini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Bundan oldin oxirgi marta tariflar shu yilning 1 aprelida 9 foizga oshgandi.
Mavzuga oid
16:05 / 06.12.2024
Issiqlik va issiq suv tariflari 2025 yilda ikki marta oshadi
18:58 / 19.09.2024
Toshkentda issiqlik energiyasi va issiq suv tariflari oshiriladi
20:16 / 04.09.2024
Toshkentda issiq suv vaqtincha o‘chiriladigan hududlar e’lon qilindi
18:25 / 22.08.2024