«O‘zbekneftgaz»: Uglevodorod xomashyosi qazib olish hajmini oshirish maqsadida 295 ta gaz qudug‘i qazildi, 328 tasi kapital ta’mirlandi
2017 yilning 9 mart va 11 noyabr kunlari imzolangan prezident qarorlariga muvofiq, «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan «2017–2021 yillarda uglevodorod xomashyosi qazib chiqarish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha dastur amalga oshirilmoqda.
Loyiha istiqbolli maydonlar va konlarda quduqlar va obektlarni tezkor qurish orqali, keyinchalik uglevodorodlarni qazib chiqarish hajmlarini oshirish va saqlab turish, shuningdek, xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish orqali ularni jihozlash uchun yo‘naltirilgan.
O‘tkazilgan tanlov savdolari natijasiga ko‘ra, quduqlarni burg‘ilash va kapital ta’mirlash bo‘yicha «ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC» (BAA) kompaniyasi, texnologik obektlarni qurish bo‘yicha «Enter Engineering RTe. LTD» (Singapur) kompaniyasi bosh pudratchilar sifatida aniqlangan.
Umuman olganda, dastur tadbirlari 1,3 mlrd dollar va 1,6 trln so‘m miqdorida moliyalashtirildi. Shu jumladan, «Gazprombank» va «Ipak yo‘li jamg‘armasi» (Xitoy) kreditlari olindi.
Dastur tadbirlari «Siemens», «Baker Hughes», «Weatherford», «Allend» kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar jalb qilingan holda amalga oshirilmoqda.
Yakka pakerli birlashmani qo‘llagan holda quvurlarda qatlamlarni sinash, shuningdek, quduq tubi hududini termobarik-kimyoviy qayta ishlash usuli orqali uglevodorodlar oqimini ko‘paytirish kabi qazib chiqarish jarayonida ilg‘or usullar va texnologiyalar qo‘llanilmoqda.
Dasturni amalga oshirish boshlangandan buyon birinchi bosqich bo‘yicha «ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC2 kompaniyasi tomonidan 295 ta quduq burg‘ilandi, 328 ta quduqda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, 338 km uzunlikdagi gaz-neft quvur-shleyflari, 398 km uzunlikdagi gaz-neft quvur-kollektorlari qurildi. «Enter Engineering RTe. LTD» kompaniyasi tomonidan birinchi bosqich doirasida uzunligi 46,3 km bo‘lgan «Uchqir-UMG»–«Gazli» gaz quvuri, «G‘arbiy» konida blok-modulli quduq usti kompressor qurilmasi, «Somontepa» siquv kompressor stansiyasi, «Arslon» konida gazni kompleks tayyorlash qurilmasi va «Uchqir» konida oltingugurtdan tozalash qurilmasining 6-tarmog‘i ishga tushirildi.
«Enter Engineering RTe. LTD» kompaniyasi tomonidan «Uchqir» siquv kompressor stansiyasining ishga tushirish ishlari yakunlanmoqda.
Ikkinchi bosqich doirasida «ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC» kompaniyasi tomonidan 185 ta quduqdan 38 tasi qazildi. «Alan», «Zevarda» va «Dengizko‘l» konlarida siquv kompressor stansiyalarining qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Umuman, dasturning ikkinchi bosqichini amalga oshirish natijasida qazib chiqariladigan tabiiy gaz hajmini 2020–2030 yillarda 100 mlrd kub metrga, gaz kondensati hajmini 1,5 mln tonnaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024