O‘zbekiston | 11:53 / 01.11.2021
20991
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo harorati keskin pasayadi

Foto: KUN.UZ

Bugun respublikaning barcha hududlarida quruq, shamolsiz va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 15-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Qulay ob-havo mamlakat aholisini hafta o‘rtasigacha quvontiradi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, payshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo keskin o‘zgaradi. Mamlakatga Ural hududlaridan sovuq va biroz nam antitsiklon kirib keladi. 

4 noyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni 4 noyabrda havo harorati 3-8 daraja iliqqacha pasayadi, bu - oy boshi uchun bo‘lgan me'yoriy qiymatlardan 12-15 darajaga past.

5 noyabrda sovuq antitsiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yog‘ingarchilik faqat ayrim tog‘li hududlarda saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 3-5 daraja sovuqqacha, shimolda 7-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kuni harorat 3-8 daraja iliqdan oshmaydi.

Antisiklon fronti kirib kelishida, ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Mavzuga oid