Jizzax viloyatida qalbaki AQŞ dollarlarini ötkazmoqçi bölgan şaxslar uşlandi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilişiça, departamentning Jizzax şahri bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda I.N. va M.M. ismli şaxslar fuqaro S.G.ga 100 AQŞ dollarlik kupyuradagi jami 51 ming qalbaki AQŞ dollarini hamda 200 ming sömlik kupyurali qalbaki 100 million sömni jami 93 million sömga sotişga kelişgani aniqlangan. Ular uşbu mablağlarning 39,2 million sömini bank plastik kartasiga ötkazib olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning oktyabrida Toşkent va Sirdaryo viloyatlarida soxta dollar va sömlarni muomalaga kiritmoqçi bölganlar uşlangan edi.