O‘zbekiston | 11:20 / 05.05.2023
48989
3 daqiqa o‘qiladi

Magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekistonda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etilishi aytilgan.

Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi belgilangan.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda.

Ro‘yxat:

Xalqaro sertifikatlar taqdim etishda hujjatdagi talabgorning ism-sharifi lotin harflarida hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatga muvofiq bo‘lishi, magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun hujjat topshirishda filologiya yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirayotgan talabgorlar aynan o‘zlari tanlagan til yo‘nalishi bo‘yicha til bilish darajasini baholovchi sertifikatni taqdim etishlari, til bilish darajasini baholovchi sertifikatlar til bilish ko‘nikmalarining barcha turlarini (tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish va gapirish) o‘z ichiga olishi lozim.

Mavzuga oid