Yiliga 500 nafar yoshlar eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboriladi
O‘zbekistonda dunyodagi “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim” joriy etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bundan tashqari, bio-texnologiya, sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda yiliga 500 nafar iste’dodli yoshlar eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboriladi. Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, buning uchun 200 million dollar yo‘naltiriladi.
Kelgusi yetti yilda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1 milliard dollar ajratiladi.
Mavzuga oid

16:31 / 30.04.2025
O‘zbekiston bo‘yicha 1 may kunidan mahalla raislari saylovlari boshlanadi

10:13 / 29.04.2025
Kanadadagi parlament saylovlarida liberallar g‘alaba qozondi

13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi

16:28 / 02.04.2025