07:58 / 18.09.2020
10782

O‘zbekistonda xususiylashtiriladigan obyektlar ro‘yxati yangilandi 

Xususiylashtiriladigan korxonalar haqida uch tilda tayyorlangan obyektlar ro‘yxati yangilandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ro‘yxatda jami 65ta xususiylashtirilayotgan aktivlar to‘g‘risida ma'lumot mavjud. Ular orasida KVARTS AJ, “Qizilqumsement” AJ, “Samarqandmarmar” AJ, “Toshkent yog‘-moy kombinati” AJ, “Poytaxt qurilish va xizmat” DUK, “Avtogazta'minot” MChJ, “Muborak teks” MChJni ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, “Toshneftgazqurilish” AJ, MChJ “Dehqonobod kaliy zavodi”, “O‘zagrolizing” AJ, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK,  “Foton” AJ, “Sharq” AJ, AJ Farg’onaazot, “Ichan qa'la” mehmonxonasi, “Beldersoy oromgohi” dam olish maskani va “Chorvoq” dam olish maskani ham xususiylashtiriladigan aktivlar qatoriga qo‘shilgan.

Top