Özbekiston respublika ijro hokimiyati organlari Yangi Toşkent şahri hududiga köçiriladi. 3 oy muddat içida bu borada takliflar işlab çiqilişi kerak.

Bu – “Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarorida belgilandi.

Qarorga köra, Yangi Toşkent şahrini barpo etiş işlarini muvofiqlaştiruvçi kengaş (raisi – boş vazir Abdulla Aripov) respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarini Yangi Toşkent şahri hududiga köçiriş, ularning ma’muriy binolaridan samarali foydalaniş va ularni sotişdan tuşadigan mablağlarni uşbu hududda ma’muriy binolarni barpo etişga yönaltiriş yuzasidan 3 oy içida taklif kiritişi lozim.

Eslatib ötamiz, bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 2023 yil mart oyida, Yangi Toşkent loyihasi qurilişiga tamal toşi qöyiş marosimida aytib ötgan edi.

Davlat rahbari davlat idoralari ham bosqiçma-bosqiç Yangi Toşkentga köçib borişi, ularning hozirgi binolari örnida mehmonxonalar, xizmat körsatiş va savdo obektlari oçilişini ma’lum qilgandi.