“Davlat iştirokidagi yirik korxonalarni transformatsiya qiliş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 7 ta yirik kompaniyadagi davlat uluşlari pofessional konsultantlarni jalb qilgan holda, 2025 yilning oxirigaça xalqaro bozorda ommaviy savdolarga çiqariladi:

  • “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
  • “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ
  • “Özbekinvest EISK” AJ
  • “Özagrosuğurta” AJ
  • “Inter Hotel” MÇJ
  • “Samarqand avtomobil zavodi” MÇJ
  • “Toşkent metallurgiya zavodi” MÇJ

Bundan taşqari, gigant kompaniyalar bölmiş Navoiy va Olmaliq kon metallurgiya kombinatlari, “Özbekgidroenergo” va “Özbektelekom” AJ aksiyalarining 5 foizgaça qismi birlamçi (IPO) yoki ikkilamçi (SPO) ommaviy taklif vositalari orqali 2025 yil oxirigaça xalqaro fond bozorlariga çiqariladi.

Avvalroq yuqoridagi qaror bilan bir kunda imzolangan boşqa bir qaror asosida, 12 ta yirik korxonadagi davlat uluşining bir qismi ommaviy savdoga çiqarilişi haqida xabar berilgandi. Bu ikki qarorni birlaştirib aytganda, OKMK, “Özbekgidroenergo” va “Özbektelekom”ning 2 foiz uluşi mahalliy fond bozorida, 5 foizgaça uluşi esa xorijiy fond bozorida sotuvga qöyiladi.

IPO nima?

IPO (ingliz tilidan olingan – Initial Public Offering) – aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini birlamçi oşkora taklif etiş degan ma’noni bildiradi. Ya’ni aksiyalarning çeklanmagan şaxslar orasidagi dastlabki sotuvi va dastlabki taklif qilinişidir. IPÖni ötkazişdan asosiy maqsad – korxonani rivojlantiriş uçun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qiliş hisoblanadi.