O‘zbekistonlik migrantlarning Koreyaga kirishini qisman tiklash rejalashtirilmoqda
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Kun.uz
Agentlik xabariga ko‘ra, uchrashuvda mehnat migratsiyasi jarayonlarini bosqichma-bosqich tiklash masalasi ko‘tarildi. O‘zbekistonda koronavirus bilan kunlik zararlanish holatlari kamaygani hamda mavjud vaksina turlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Vitse-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondan mehnat migrantlari kirib kelishini qisman tiklash rejalashtirilmoqda. Bunda, birinchi navbatda to‘liq emlashdan o‘tgan, 4 yil-u 10 oy Koreya Respublikasida bir korxonada ishlab qaytgan fuqarolarni kiritish ko‘zda tutilgani ma'lum qilindi.
O‘z navbatida, mehnat migrantlarining Koreya Respublikasiga muntazam kirib kelishini ta'minlashda karantin qoidalariga qat'iy rioya qilish muhim o‘rin egallashi ta'kidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda tanlovlar bazasida muddat qo‘shib berilgan fuqarolarga ikkinchi bor muddat qo‘shib berish bo‘yicha ham muzokaralar olib borildi va mazkur masala Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan yaqin kunlarda ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
Ilon Mask «Yer yuzidagi eng aqlli sun’iy intellekt» - Grok 3ʼni taqdim etdi
Fan-texnika | 17:29 / 18.02.2025
Toshkent yo‘llarida qayrilib olish joyidan oldin chizilgan yangi yo‘l chiziqlari o‘chirib tashlanmoqda
O‘zbekiston | 17:25 / 18.02.2025
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
Jamiyat | 11:34 / 09.12.2024
So‘nggi yangiliklar
-
Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 00:21
-
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi
Jahon | 00:09
-
AQSh vitse-prezidenti Zelenskiyga Trampni tanqid qilmaslikni maslahat berdi
Jahon | 23:49 / 19.02.2025
-
Immigratsiyani taqiqlash Yevropa aholisining 30 foizdan ortiqqa qisqarishiga olib keladi
Jahon | 23:11 / 19.02.2025
Mavzuga oid

08:10 / 30.11.2024
Koreyaga ishlash uchun borgan ikki o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketdi

11:10 / 10.10.2024
Fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

14:20 / 07.10.2024
Koreya O‘zbekistonda innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildiryapti

10:10 / 20.09.2024