Zebigardondan so‘zanagacha: «Umrboqiy zargarlik» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
31 yanvar – Xalqaro zargarlik kuni munosabati bilan amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida «Umrboqiy zargarlik» ko‘rgazmasi ish boshladi.
Unda o‘tgan XIX – XX asrga tegishli, Toshkent, Xorazm, Buxoro, Farg‘ona zargarchilik maktablarining original ko‘rinishga ega namunalari namoyish etilmoqda.
Hunarmandlar uyushmasi a'zosi, zargar Alzar Boboyev zargarlik tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlar bo‘yicha ma'ruza va taqinchoq yasash jarayonidan master klass o‘tib berdi.
Hunarmandning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek milliy zargarlik maktabining asosida Buxoro andozasi yotadi. Hindiston va Eron ta'sirida eng avval rivojlangan Buxoro zargarligida mayda toshlar, nafis va mayin bezaklardan foydalanilgan bo‘lsa, XVI asrga kelib shakllana boshlagan Toshkent, vodiy taqinchoqsozligida katta toshlar va yirik naqshlarni ishlatish ustunlik qilgan.
Ko‘rgazmada nafaqat zargarlik buyumlari – zebigardon, tillaqosh, bilakuzuk kabilarni, balki qo‘l mehnatiga asoslangan so‘zana, kiyim-bosh, xontaxta kabi o‘z davrining hayot tarzi haqida hikoya qiluvchi anjomlarni ham tomosha qilish mumkin.
«Do‘ppi shunchaki bosh kiyimi bo‘lib qolmay, uni kiygan kishining ijtimoiy holati haqida ham ma'lumot bergan. Misol uchun, turmushga chiqmagan qizlar ipak do‘ppi kiygan bo‘lsa, oilali juvonlar zar do‘ppidan foydalangan. Har bir hududning do‘ppisi ham naqshlari bilan bir-biridan farq qiladi», – deya hikoya qiladi ekskursovod-mutaxassis.
Muzey direktor o‘rinbosari Hakimjon Shodmonovning ma'lumot berishicha, muzey fondida 8 mingga yaqin eksponat mavjud bo‘lib, ulardan 600tasi zargarlik ashyolari hisoblanadi. Eng «keksa» eksponat 19-asrga taalluqli.
Ko‘rgazma 8 fevralga qadar barcha uchun ochiq tarzda o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
O‘zbekiston | 07:30
-
Olimlar ekstremal issiq va sovuqqa bardoshli «supermetall»ni yaratdi
Fan-texnika | 00:23
-
Osiyo Kubogi U-17. Turnirining eng yaxshilari aniqlandi
Sport | 23:40 / 20.04.2025
-
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev IIB chaqirildi
O‘zbekiston | 23:01 / 20.04.2025
Mavzuga oid

11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi

12:47 / 17.03.2025
O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning asarlari Olmaotada namoyish etiladi

17:40 / 03.12.2024
Hongkongda 2,5 ming panda haykallaridan iborat ko‘rgazma o‘tkazilmoqda

17:35 / 27.11.2024