Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qishloq qurilish bank» Rossiya banki bilan kelishuv imzoladi
Foto: Qishloq qurilish bank
ATB «Qishloq qurilish bank» o‘z mijozlariga xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish uchun xorijiy moliya-kredit muassasalari, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining tijorat banklari bilan ikki taraflama munosabatlarni yanada rivojlantirishga intilmoqda.
Binobarin, joriy yilning oktabr oyida Rossiyaning «AK BARS» aksiyadorlik tijorat banki bilan Kelishuv imzolandi. Mazkur kelishuv doirasida ATB «Qishloq qurilish bank» savdoni moliyalashtirish operatsiyalari uchun 365 kun muddatgacha 3,5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini ochdi. Moliyalashtirish ATB «Qishloq qurilish bank» mijozlarining import va eksport shartnomalari bo‘yicha AQSh dollari, yevro va Rossiya rublida beriladi. Import shartnomalar bo‘yicha moliyalashtirish doirasida eksportchi sifatida rossiyalik ishlab chiqaruvchilar jalb qilinishi kerak.
Xomashyoga bog‘liq bo‘lmagan import shartnomalarini moliyalashtirish zarurati tug‘ilganda, agar «EKSAR» AJ tomonidan siyosiy va kredit tavakkalchiliklari sug‘urtalangan bo‘lsa, moliyalashtirish miqdori 35 million AQSh dollarigacha oshirilishi mumkin.
Savdoni moliyalashtirishdan tashqari, yaqin kunlarda ATB «Qishloq qurilish bank» bilan Rossiya moliya instituti o‘rtasida vositachilik munosabatlari o‘rnatilishi ham kutilmoqda.
Bunday hamkorlik mijozlarning bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish, shuningdek, bank daromadini, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmlarini oshirish imkonini beradi.
«Qishloq qurilish bank» - farovon hayotingiz xizmatida!
Qo‘shimcha axborot uchun:
Telefonlar: (71) 150-76-39, 150-93-39
Veb-sayt: www.qqb.uz
Telegram: https://t.me/QQBANK
Facebook: FB.com/official.qqb.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:55 / 04.09.2023
QQB Biznesni rivojlantirish bankiga aylantirildi
18:55 / 27.12.2022
“Qishloq qurilish bank”: yutuqlarimiz asosi – ishonch!
10:26 / 08.10.2022
Jizzaxda ATB “Qishloq qurilish bank”ning Jizzax mintaqaviy filiali sobiq boshqaruvchisi 1,5 milliard so‘m kreditni o‘zlashtirib yubordi
17:00 / 03.06.2022