17:50 / 20.07.2018
33881
Reklama

“Mashhura” o‘quv markazi mutlaqo yangi yo‘nalishdagi o‘quv kurslariga taklif etadi

Hunar – hunardan rizqing unar! 24 yillik tajribaga ega kasb – hunar markazini bilasizmi? Albatta, bu “Mashhura” o‘quv markazi!

Bugun sizga “Mashhura” o‘quv markazining yangi yo‘nalishlari haqida gapirib beramiz. Demak, “Mashhura” da ta’lim oling!

Doimo “Mashhura” o‘quv markazi deyilganda qizlarni kelinlikka tayyorlovchi kurslar tasavvurimizga keladi. Biroq endi “Mashhura”ning yangi yo‘nalishlari bor. Bu ta’lim berish. Ingliz, arab, koreys, rus tili, buxgalteriya va  yangi uslubdagi maktabgacha ta’lim kurslari. Endi batafsil:

Ingliz tili

“Mashhura” o‘quv markazida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan ingliz tili o‘quv kurslari o‘zining sifati, tezkorligi va hamyonbopligi bilan tezda e’tiborga tushib ulgurdi.

Markazdagi ingliz tili darslari haftada 6 kun 2 soatdan, interaktiv usullardan foydalangan holda o‘tiladi.

Darslar sifatini nazorat qilib borish maqsadida har oy yakunida amaliy va nazariy testlar orqali o‘quvchilarning bilimi tekshirib boriladi.

Kurslar davomiyligi abituriyentlar uchun 7oy, Boshlang‘ich IELTS imtihoniga tayyorlanuvchilar uchun esa 8-9 oy.

Markazda kichik yoshdagi bolalar, o‘quvchilar hamda abituriyentlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, darsdan bo‘sh vaqtlarida kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatiga egadirlar.O‘quv xonalari ta’limning eng zamonaviy texnika va jihozlari bilan ta’minlangan.

O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga markazning DIPLOM yoki SERTIFIKATlari topshiriladi.

Arab tili

“Mashhura”  o‘quv markazi arab tilini mukammal o‘rganish niyatida bo‘lgan yurtdoshlarimizni arab tili o‘quv kurslariga taklif qiladi.

Arab tili o‘quv kurslari xaftada 3 marta 2 soatdan,ko‘p yillik tajribaga ega professionallar tomonidan olib boriladi.

Markaz o‘quvchilari arab tili boshlang‘ich, tajvid, grammatika, qiroat bo‘yicha o‘qitiladi. 

Shuningdek, o‘rganuvchilarning bilimlarini baholab borish maqsadida har oy yakuni bo‘yicha amaliy va nazariy imtihonlar o‘tkazib boriladi. Bu esa, ta’lim olishning 100 foizlik sifat darajasini kafolatlaydi.

Kurslar davomiyligi juda qisqa muddat 3 oyni tashkil qiladi, sifat esa kafolatlanadi. O‘quvchilar bilan kelishilgan holda kurslar muddati uzaytirilishi mumkin.

Koreys tili

Kimdir ish, o‘qish va yana kimdir o‘z qiziqishlari sabab koreys tilini tez va sifatli o‘qituvchi markazlarni qidiradi.

“Mashhura”  o‘quv markazi yoshlarning ushbu qiziqishlarini inobatga olgan holda koreys tili o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘ydi.

O‘quv markazida ta’lim oluvchilariga qulaylik yaratish maqsadida, o‘qituvchilar turli interfaol dars o‘tish metodlarini ham ishlab chiqishgan.

Darslar haftada 3 marotaba 2 soatdan olib boriladi.

Aytib o‘tganimizdek, har oy yakunida o‘quvchilar individual tarzda test imtihonlarini topshiradilar.

Kurslar davomiyligi  EPS-Topic test 4 oy  va Topic test uchun 7oyni tashkil qiladi.

Kurslar yakunida o‘quvchilarga o‘quv markazini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom va sertifikatlar topshiriladi.

Maktabgacha ta’lim va mentalniy arifmetika

Hurmatli ota onalar,“Mashhura”dan yana bir ajoyib yangilik! Endi o‘quv markazida maktabgacha ta’lim kurslari ham yo‘lga qo‘yildi.

Tashkil qilingan ushbu kurslar va o‘qituvchilarning yangicha o‘quv metodlari bilan farzandingizning maktabga puxta bilim bilan yo‘l olishi ta’minlanadi.

Buxgalteriya 1S

Buxgalteriya kasbini mukammal o‘rganishni xohlaysizmi? Unda “Mashhura”dagi o‘quv kurslariga yoziling.

Siz o‘quv kursi davomida schyotlar rejasini buxgalteriya hisobida qo‘llash, ish haqi hisoblash, asosiy vositalar hisobi, mahsulot va tovarlar hisobi, pul mablag‘lari hisobi, daromad va xarajatlar hisobi hamda mustaqil balans tuzishni o‘rganasiz!

Darslar haftada 3 kun 2 soatdan olib boriladi hamda yakunda o‘quvchilarga kurslarni tamomlaganlik haqida diplom va sertifikatlar topshiriladi.

Bu hali hammasi emas!!! 

Kompyuter savodxonligi

“Mashhura”  o‘quv markazi shuningdek,sifatli kompyuter kurslari, kompyuter tuzatish, kichik yoshdagi bolalar uchun mentalniy arifmetika yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘quv kurslarini tashkil qildi.

Kompyuter va uyali telefonlarni tuzatish

Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal. Keling, ko‘ring, “Mashhura”dagi o‘quv kurslarini tanlang!

Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani “Mashhura” o‘quv markazi binosi

Batafsil ma’lumotni: +(99899) 856-78-74  va  +(99895) 195-7195 telefon raqamlaridan olishingiz mumkin.

Sayt: mashhuraedu.uz

Reklama huquqi asosida

Top