Jahon | 12:23 / 22.08.2019
14127
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Xitoyni AQSh uchun bosh xavf deb atadi

Foto: REUTERS

Pentagon rahbari Mark Esper Fox News telekanaliga intervyusida “AQSh uchun qaysi davlat xavfliroq – Xitoymi yoki Rossiya?” degan savolga javob berdi. 

“Fikrimcha, uzoq muddatli istiqbolda Xitoy iqtisodiy imkoniyatlari, siyosiy vazni va ambitsiyalari hisobga olinsa, eng katta muammodir. Ular bizni, doktrinamizni o‘rganib chiqishgan”, deb aytgan Esper. 

Avgust boshida Esper “Xitoyning harbiy faolligi va u tomonidan amalga oshiriluvchi talovchi va rejali iqtisodiy siyosat xalqaro huquq me'yorlariga xavf solishini” aytgandi. 

Iyul oxirida AQSh harbiy razvedkasi rahbari Robert Eshli ham Rossiya va Xitoydan bildiriluvchi xavflarni taqqoslagan. Uning fikrlari Esperning Xitoy uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot sohasida yetakchi sifatida xavfliroq ekani borasidagi fikrlari bilan mos tushgan. Biroq Eshlining fikricha, qisqa muddatli istiqbolda “bir necha ming yadro zaryadi”ga ega Moskva xavfliroqdir.

Mavzuga oid