O‘zbekiston | 12:40 / 02.11.2021
14720
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda harorat 10-13 darajaga pasayadi - «O‘zgidromet»

4-5 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib keladi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 4-5 noyabrda respublika bo‘yicha harorat 10-13 darajaga pasayadi.

4-5 noyabrda kunduz kuni havo harorati 3-8 daraja iliqni tashkil etadi. 5 noyabrda harorat kechasi 2-7 daraja sovuqqacha, shimolda 5-10 daraja sovuqqacha pasayadi.

4 noyabrda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Mavzuga oid