Innovatsion rivojlanish vaziri: «O‘zbekistonda ham think tank markazlari paydo bo‘ladi»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tuzilgan Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy vazifasi sanoatga ixtisoslashgan mamlakat iqtisodiyotini ilm-fan yutuqlari asosida rivojlantirishdan iborat. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Kun.uz'ga bergan eksklyuziv intervyusida ma'lum qilgan.
«Vazirlik oldida turgan vazifalardan biri - O‘zbekistonda innovatsion ekotizimni shakllantirish.
G‘arbda ilmga asoslangan iqtisodiyotning asosini think-tank (aql markazlari) muhokamasida ko‘tarilgan mavzular, ilm-fan yutuqlarini iqtisodiyotga yo‘naltirish masalalari hal qiladi. Bizda ham mana shunday tizimni yaratish asosiy maqsadimiz bo‘ladi», deydi vazir.
Ma'lumot uchun, birgina AQShning o‘zida 250dan ortiq siyosiy-iqtisodiy masalalarni tadqiq etayotgan think-tank markazlari faoliyat yuritmoqda. Janubiy Koreyada esa ana shunday «aql markazlar»ning xususiy shakli ham ishga tushirilgan bo‘lib, ular orasida Samsung Economic Research Institute nafaqat mamlakat iqtisodiyotida, balki mintaqada katta nufuzga ega.
Suhbatning to‘lig‘ini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
20:03 / 06.09.2024
“Suvdan ham jiddiyroq muammo – yerning sho‘rlanishi bo‘lyapti” - qishloq xo‘jaligi vaziri
19:57 / 20.01.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri xalqaro forumda ishtirok etdi
13:37 / 25.10.2023
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi
12:15 / 09.06.2023