2023-2024 öquv yilida oliy ta’limga ajratiladigan kvota böyiça oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lumot berdi. Unga köra, bu yil 381 ming abituriyentni qabul qiliş rejalaştirilgan. Şundan 60 ming kvota grantlar uçun ajratiladi.
“Biz davlat oliy ta’lim muassasalari uçun grantlarni tasdiqlab beramiz. Tölov kontrakt kvotasini esa hozirça 40dan ortiq mustaqillik berilgan OTM özi uçun belgilab olyapti. Mustaqil bölmagan OTM esa özining böysunuvidagi vazirliklar va Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelişib, kvotalarni tasdiqlaydi. Qabul parametlari tasdiqlanganidan keyin yana batafsil ma’lumot beramiz”, – dedi vazir.
Abdurahmonovning ma’lumot berişiça, hozir yoşlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinişi 38-39 foizga yetgan, bu qamrov yangi öquv yilida 42 foizga yetişi közlanyapti. Bitiruvçilarning oliy ta’lim bilan qamrovi esa 60 foizga yaqinlaşyapti.
Vazir şuningdek, bu yil qança abituriyent hujjat topşirişi kutilayotganiga ham töxtaldi. Ma’lum bölişiça, oliy ta’lim va professional öquv yurtlari bilan qöşib hisoblaganda, bu yilgi qabulda 1 million 200 ming nafardan ortiq abituriyent hujjat topşirişi kutilyapti.
Ma’lumot uçun, bu yil imtihonlar pandemiya davridagi kabi oçiq maydonlarda emas, usti yopiq binolarda ötkaziladi. Bu uçun respublika böylab 92ta hudud tanlab olinib, röyxati e’lon qilingan.













