Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu mojarosi fonida «Yuventus» aksiyalari narxi pasaymoqda
Italiyaning «Yuventus» klubi aksiyalari Milan birjasida 5,8 foizga qadrsizlandi va bir aksiya narxi 1,25 dollargacha tushdi. Bu pasayish jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduga qarshi ayblov mojarosi fonida ro‘y bermoqda.
28 sentabr kuni Germaniyaning Der Spiegel nashri 34 yoshli amerikalik Ketrin Mayorganing boshdan kechirganlarini e'lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu uni 2009 yilning 13 iyunida Las-Vegasdagi mehmonxonalarning birida zo‘rlagan. Da'vogar tomonning aytishicha, 2010 yilda Mayorga futbolchining vakillari bilan 375 ming dollar evaziga jim yurish bo‘yicha kelishuv tuzgan.
Maqola e'lon qilingach, Las-Vegas politsiyasi Ronalduga qarshi ishni qayta ko‘rib chiqishni boshladi.
Bundan avvalroq Ronalduning homiylari Nike va EA Sports futbolchi haqidagi xabarlardan tashvishda ekani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgandi.
Chempionlar ligasining 5 karra g‘olibi, 5 marta «Oltin to‘p» sohibi Krishtianu Ronaldu shu yilning 10 iyulida 100 million yevro evaziga «Real»dan «Yuventus»ga o‘tgandi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, u 4 yillik shartnoma bo‘yicha yiliga 30 million yevrodan maosh oladi.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025