O‘zbekiston | 08:40 / 03.11.2020
4795
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida jyetonlardan foydalanish joriy yilning oxiriga qadar davom etadi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020 yil 1 noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenida jyetonlar qabul qilinishi bekor etilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar tarqaldi. 

«Toshkent metropoliteni» UK ushbu ma'lumot noto‘g‘ri ekanligini ma'lum qilib, tegishli izoh berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 noyabrdan boshlab metro kassalarida jyetonlar sotilishi to‘xtatildi. 

«Ammo, shu bilan birga, jyetonlardan foydalanish joriy yilning oxiriga qadar, shu jumladan 31 dekabr kunida ham davom etadi. Buning uchun stansiyaning har bir kirish joyida bittadan jyetonlarni qabul qiluvchi turniket mavjud. 

Jyetonlar bilan to‘lov Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishidagi stansiyalarda qabul qilinadi. Yangi «Yunusobod» va «Turkiston» stansiyalari bundan mustasno», - deyiladi «Toshkent metropoliteni» ma'lumotida.

Avvalroq, Toshkentda avtobuslarda maxsus jyetonlardan foydalanish muddati uzaytirilgandi

Mavzuga oid