Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobilda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlar elektron tarzda tashkil etiladi
Foto: TASS
“Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 yanvardan 1 martgacha yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali biriktirish bo‘yicha elektron tizim test rejimida joriy etiladi.
2022 yil 1 martdan shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron tizim orqali o‘tkaziladi.
Qaror bilan tenderni o‘tkazish tartibiga oid nizom tasdiqlandi. Nizomda tender takliflariga qo‘yiladigan talablar, g‘oliblarni aniqlash, shartnoma tuzish va boshqa qoidalar belgilandi.
2022 yil 1 iyulgacha hududlarda jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Mavzuga oid
13:26 / 17.12.2025
DXSh qonunchiligida tender va to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar tartibi o‘zgaradi
01:01 / 16.11.2025
Surxondaryodagi 38,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonunbuzilishi aniqlandi
14:34 / 13.06.2025
Ryanair janjalkash yo‘lovchilarni 500 yevro jarimaga tortadi
12:15 / 02.02.2025