Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan “SurxondaryoqurilişInvest” DM buyurtmasi asosida ötkazilgan davlat xaridida qonunbuziliş holati aniqlandi.

Agentlik xabarida aytilişiça, davlat muassasasi tomonidan Tanlov savdolarini taşkil etiş konsalting markazi orqali Boysun tumanidagi boşlanğiç narxi 38,5 mlrd söm bölgan «Hangaronsoy» sel suv omboridan nasos stansiyasi va suv uzatiş quvurlarini quriş orqali ekin maydonlarining suv ta’minotini yaxşilaş obektiga boş pudratçi aniqlaş uçun “Şaffof quriliş” maxsus axborot platformasi tizimiga e’lon berilgan.

Elektron tartibda rasmiylaştirilgan bayonnomaga köra, uşbu davlat xaridida 36,5 mlrd sömlik taklif bilan «D.Y.T.» MÇJ tanlov ğolibi, 38,5 mlrd sömlik taklif bilan «M.I.T.» XK zaxiradagi ğolib deb topilgan.

Aniqlanişiça, tenderning yana bir iştirokçisi — «F.» MÇJning soliq hisob varağiga noqonuniy aralaşuv yöli bilan soliqdan qarzdorlik mavjudligi haqida soxta ma’lumot kiritilgan.

Natijada jamiyat “Şaffof quriliş” maxsus axborot platformasi orqali tender jarayonidan asossiz ravişda çetlaştirilgan.

Agentlik tomonidan körilgan çoralar natijasida mazkur xaridning bekor qilinişi ta’minlandi.

Şuningdek, holat yuzasidan töplangan hujjatlar asosida hozirda huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan tegişli huquqiy baho berilmoqda.