Qashqadaryoda qiz bolaning shaxsiy fotolarini tarqatish bilan qo‘rqitib, 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shahrisabz tumanida shaxsiy fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib qiz boladan pul talab qilgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolardan biri qiz bola bilan gaplashib yurib, uning shaxsiy fotosuratlarini qo‘lga kiritgan. So‘ng ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitib, qizdan 5 ming dollar talab qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Shahrisabz shahar IIB tomonidan qizning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda yigit qizdan talab qilgan 5 ming dollardan 1 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:17 / 20.10.2024
Qashqadaryodagi YTHda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
17:21 / 08.10.2024
Qashqadaryoda dehqon xo‘jaligi uchun berilgan 4 gektar yerni 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
12:38 / 27.09.2024
Qashqadaryoda paxta xaridi bo‘yicha raqobat cheklanmoqda
14:53 / 26.09.2024