Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi şaxs Afğoniston fuqarosining katta miqdordagi pullarini özlaştirgan. Bu haqda Boş prokuratura xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Dehqonobod tumanida yaşovçi E.N. Afğoniston fuqarosi H.Ğ.ga 2021 yilda tojik kovragi smolasini yetkazib berişni va’da qilgan.

Söng işonçiga kirib, undan 53,5 ming dollar pullarni olgan. Biroq tojik kovragi smolasini yetkazib bermagan, pullarni ham qaytarmagan.

Prokuratura organlari tomonidan H.Ğ.ning murojaati örganilib, natijasiga köra E.N.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda Boş prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilişiça, dastlabki tergov davomida, E.N.dan Afğoniston fuqarosi H.Ğ.ga yetkazilgan zarar hisobidan 500 mln sömga yaqin pul undirilgan.