Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanida Nexia maşinasi Gentra bilan töqnaşib, yöl-transport hodisasi sodir etdi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 14 oktyabr kuni soat 18:20 larda sodir bölgan.
4R-89 «Qarşi-Nişon-Tallimarjon-GRES» avtomobil yölining Nişon tumanidan ötuvçi qismida harakatlanayotgan Nexia maşinasi haydovçisi quvib ötiş qoidalarini buzib, qarama-qarşi tomondan harakatlanib kelayotgan Gentra’ning yöliga çiqib ketib, u bilan töqnaşgan.
Oqibatda Nexia haydovçisi oğir tan jarohatlari olib vafot etgan. Maşinada bölgan yölovçilar tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Nexia maşinasi ikkiga bölinib ketgani va uning orqa qismi butunlay parçalanib ketganini köriş mumkin.








