16:11 / 04.03.2017
24931

«DXR» Kiyevga qamal e'lon qildi

Foto: RIA "Novosti"

O‘zini mustaqil deb e'lon qilgan "Donetsk xalq respublikasi" rahbari Aleksandr Zaxarchenkoning bayonot berishicha, Donbass aholisi Ukraina kuchlari qamali sharoitida yashashga ko‘nikma hosil qilgan. Endilikda, uning aytishicha, "DXR" Kiyevga qamal e'lon qiladi. 

"Biz urushayotganimiz Ukraina bilan barcha aloqalarni uzamiz. Ha, ko‘mir sotdik, pul topish va maosh to‘lash uchun. Biz qamalda yashashni o‘rgandik, shu sababli Ukrainaga qamal e'lon qilamiz", — degan u matbuot anjumanida. 

Avvalroq, Zaxarchenko Ukraina hukumati tomonidan e'lon qilingan transport qamaliga barham berish uchun Ukrainaga tegishli korxonalarda tashqi boshqaruvni o‘rnatganini e'lon qildi. 

Mavzuga oid
Top