23:19 / 21.06.2019
3536

Mahalla va nodavlat tashkilotlari turizmni rivojlantirishda ishtirok etishi mumkin

Senatning 20-yalpi majlisida “Turizm to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri masalasi ko‘rib chiqildi.

Qonunda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va nodavlat notijorat tashkilotlarining turizm sohasidagi ishtiroki alohida norma bilan mustahkamlangan. Unga ko‘ra, mahallalar va jamoat tashkilotlari turizmni rivojlantirishda bevosita ishtirok etib, madaniy meros obektlarini targ‘ib qilishi, sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi hamda amaliyotdan kelib chiqib, turizmni rivojlantirish bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalar berishi mumkin.

Shuningdek, yangi tahrirdagi ushbu hujjatda turistik industriya, turistik zonalar va klasterlar, sohada faoliyatni amalga oshirish shartlari: litsenziyalash, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, turistik mahsulotni realizatsiya qilish kabi qator yo‘nalishlarga oid normalar o‘z aksini topgan.

1999 yilda qabul qilingan «Turizm to‘g‘risida»gi amaldagi qonun 22 moddani o‘z ichiga olgan bo‘lsa, senatorlar tomonidan ma'qullangan qonunning yangi tahririda moddalar soni 45 tani tashkil etib, sohaga oid munosabatlarni yanada kengroq qamrab olgan.

Top