21:44 / 10.03.2021
12339

«Yandeks» Yandex Pay to‘lov servisini ishga tushirdi

 Birinchi bosqichda servis faqat saytlarda ishlaydi, keyinchalik esa undan mobil ilovalarda ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

Foto: Global Look Press

 «Yandeks» Yandex Pay to‘lov servisini ishga tushirganini ma'lum qildi.  

Servisdan foydalanish uchun «Yandeks»dagi akkaunt egasi o‘z bank kartasini ushbu akkauntga bog‘lashi kerak bo‘ladi. 

 Birinchi bosqichda servis faqat saytlarda ishlaydi, keyinchalik esa undan mobil ilovalarda ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

 «Yandeks» 2020 yil iyunda Sberbank bilan aktivlarni bo‘lishib olishi to‘g‘risida ma'lum qilgandi. Bunga Sberbank ekotizimlari va internet-xolding o‘rtasidagi raqobat kuchayib borayotganligi sabab qilib ko‘rsatilgandi.

 Aktivlar bo‘linishidan so‘ng «Yandeks» «Yandeks.Market» internet-savdo biznesiga, Sberbank esa «Yandeks.Dengi» servisiga ega bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top