07:53 / 06.09.2021
7730

Magistraturaga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari e'lon qilindi

Davlat test markazi magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalarini e'lon qildi.

DTM axborot xizmati xabar berishicha, imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

  1. magistr.dtm.uz sayti orqali - saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
  2. mandat.dtm.uz sayti orqali - saytining «Magistratura-2021» bo‘limidan talabgorning ID raqamini kiritgan holda;
  3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda):

      4.test natijalari qaydnomasi orqali.

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi.

Top