Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda IShID jangarilari hujumi oqibatida 20dan ortiq inson halok bo‘ldi
OAVning ma'lumot berishicha, IShID jangarilari Ar-Rashad qishlog‘ida bir guruh yoshlarga hujum qilgan, so‘ngra uylarga turli qurollardan tartibsiz ravishda o‘t ochishgan.
Foto: AP
Iroq sharqida joylashgan Diyala viloyatidagi qishloqlardan biriga IShID terrorchi tashkiloti jangarilarining hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq Al Hadath telekanali 15 kishi qurbon bo‘lgani haqida ma'lumot bergandi.
Iroq OAVning ma'lumot berishicha, IShID jangarilari Ar-Rashad qishlog‘ida bir guruh yoshlarga hujum qilgan, so‘ngra uylarga turli qurollardan tartibsiz ravishda o‘t ochishgan.
Terrorchilar harbiy xizmatchilar qishloqqa yetib kelganidan so‘ng ortga chekingan.
Shafaq News portali o‘z manbasiga tayanib, Nahr al-Imom qishlog‘iga ham hujum uyushtirilganini ma'lum qilgan. Portalning yozishicha, noma'lum shaxslar yetti kishini o‘ldirgan va bog‘larga o‘t qo‘ygan.
IShID jangarilari 2014 yilda Iroq hududining uchdan bir qismiga yaqinini egallagandi. 2015 yilda Iroq hukumat kuchlari xalqaro koalitsiya yordamida ekstremistlar egallagan hududlarni ozod qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshladi. 2017 yil dekabrda IShID mag‘lub etilgani e'lon qilindi.
Mavzuga oid
18:39 / 19.01.2026
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish jarayonini yakunladi
15:59 / 16.01.2026
“Boj to‘lovlari yuqori bo‘lmaydi” – O‘zbek-Iroq biznes forumida nimalar muhokama qilindi?
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
18:10 / 14.01.2026