Uçraşuv davomida agrar sohada qöşma loyihalarni yölga qöyiş, özaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi. Xususan, Özbekistonda yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini Iroq bozoriga eksport qiliş, şuningdek, ikki davlat örtasida tajriba almaşişga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lum qilinişiça, forum doirasidagi muloqotda ikki mamlakat rasmiylari, işbilarmon doira vakillari hamda Iroqning 150 ga yaqin kompaniyalari vakillari iştirok etgan. Tomonlar tuproq tarkibini örganiş, don va dukkakli ekinlarni yetiştirişda Özbekiston tajribasini Iroqda joriy etiş hamda bu maqsadda özbekistonlik ekspertlar guruhining Iroqqa işçi taşrifini taşkil etiş masalalarini ham muhokama qildi.

Qayd etilişiça, mazkur investitsiya va biznes forumi Özbekiston–Iroq işbilarmonlik hamkorligi tarixida ikkinçisi hisoblanadi. Ilk şunday tadbir 2025 yil dekabr oyida Iroq poytaxti Boğdod şahrida ötkazilgan edi. Navbatdagi forum esa ikki davlat örtasidagi strategik hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatli, deya baholanmoqda.












