23:51 / 22.12.2021
11200

“Bilayn” asoschisi Dmitriy Zimin vafot etdi

“Bilayn” mobil aloqa kompaniyasi asoschilaridan biri Dmitriy Zimin 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li Boris Zimin ma’lum qildi.

Foto: TASS

Uning ta’kidlashicha, otasi Shveytsariyada vafot etgan. Ziminning o‘limi sababi ma’lum qilinmagan, biroq u oxirgi vaqtda betob bo‘lgan. “Otam hayotni sevar edi va uzoq hayot kechirdi. Unga barchasi uchun rahmat. U oxirgi oylarda og‘ir betob edi”, deb yozgan Facebook’da marhumning o‘g‘li.

Dmitriy Zimin keyinchalik “Bilayn” savdo belgisi ostida ishlagan “Vympelkom-Kommunikatsii” kompaniyasiga 1992 yilda Konstantin Kuzov bilan birga asos solgan, 2001 yilda esa uning faxriy prezidentiga aylangan. 

Tadbirkor yirik saxovatpesha bo‘lgan. U 2002 yilda “Dinastiya” jamg‘armasiga asos solgan va uni boshqara boshlagan. 2016 yilda Zimin o‘g‘li Boris bilan birga fan va ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi Zimin Foundation xalqaro notijorat tashkilotiga asos solgan.

Top