Toşkent viloyati hokimligi viloyatda koronavirus tarqalişiga qarşi olib borilayotgan işlar töğrisida axborot berib, «Bilayn» kompaniyasining 91 nafar işçisi Yuqori Çirçiq karantin poligoniga joylaştirilganini ma'lum qilgandi.
«Bilayn» kompaniyasi hozirgi vaziyatga aniqlik kiritdi va holat böyiça ma'lumot berdi.
«Mamlakatda karantin çoralari joriy etilişi bilan «Bilayn» xodimlarning xavfsizligini va kompaniyaning uzluksiz işlaşini ta'minlaş maqsadida xodimlarning maksimal sonini masofaviy işlaşga ötkazişni taşkil qildi.
Ammo, ayrim operatsion vazifalar mavjudligi bois, biz va jamoamizning bir qismi abonentlarimiz «Bilayn» xizmatidan foydalanişda davom eta olişlari va kompaniya mutaxassislari bilan doimo boğlaniş imkoniyatiga ega bölişlari uçun şunday muşkul paytda ofisda bölişimiz şart.
Afsuski, amaliyot şuni körsatadiki, koronavirus bilan kasallaniş xavfi hammada mavjud. Xodimlarimiz koronavirusga duç kelişi mumkinligi xatari paydo bölişi bilan, kompaniya tegişli sanitariya va epidemiologiya xizmatlari bilan birgalikda işçilarni ommaviy tarzda koronavirusdan test sinovi ötkazdi.
Xodimlar va ularning qarindoşlarining xavfsizligini ta'minlaş maqsadida, kompaniya Soğliqni saqlaş vazirligining körsatmalariga rioya qilgan holda, öz xodimlarini 14 kunlik karantinga joylaştirdi.
Vaziyat nazorat ostida, jamoamiz va ularning yaqinlari uçun qilinayotgan barça işlar ularning foydasi uçun qilinmoqda.
Xodimlarimizning hissasini qadrlaymiz va ularning sadoqatli va mas'uliyatli faoliyati uçun minnatdormiz! Biz ular bilan doimo aloqadamiz va ularga zarur yordamni taqdim etamiz. Odamlar kompaniyaning eng qimmatli resursi. Biz uçun xodimlarning salomatligi va xavfsizligi doimo ustuvor vazifa bölib kelgan va bölib qoladi», - dedi kompaniya boş direktori Sergey Afonin.
Bildirilişiça, kompaniya ofislarida barça zarur va tavsiya etilgan ehtiyot çoralari körilgan.













