21 noyabr kuni UMS uyali aloqa operatori ustav kapitalidagi davlat uluşi 100 foiz «Raqamli işonç» jamğarmasiga topşirilişi hamda xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlariga töğridan-töğri ulaniş huquqiga ega bölgani (uning boşqa raqobatçilarida bunday huquq yöq) ma'lum qilindi. Spot.uz Beeline Uzbekistan boş direktori Dmitriy Şukovning şu yangilikka munosabatini keltirdi.

Dmitriy Şukov
Foto: Xalqaro press-klub

Raqamli ekotizim davlat kompaniyalarining boşini silaş bilan emas, bozor va keskin raqobat muhitida paydo böladi.

Özbekiston prezidenti ötgan yilning dekabrida 2018 yilni Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili deb e'lon qilganida, biz - Beeline kompaniyasidagilar AKT sohasida texnologik va asosiysi, boşqaruvda siljiş böladi, degan umidda edik.

Öşandayoq 1999 yilda qabul qilingan «Telekommunikatsiyalar töğisida»gi qonun boşqa normativ hujjatlar bilan birga eskirgani, davlat rahbarining taşabbusi esa qonunçilik bazasi va amaliyotini zudlik bilan va tubdan yaxşilaş uçun tarixiy imkoniyat bölişi barçaga ayon bölgandi.   

Afsuski, bugun, oradan bir yil ötgaç, aftidan, bu imkoniyat boy berildi, deyiş mumkin.

Gap hattoki törtta mobil aloqa operatoridan ikkitasi davlatga tegişli bölgan (UMS va Uzmobile) ğaroyib bozor tuzilmasi haqida ham emas. Bu borada savollar yöq, zero bu tasodiflar töqnaşuvi natijasida yuzaga kelgan.

Ammo regulyatorning yildan-yilga davlat operatorlariga soliq tölovçilar va xususiy operatorlar hisobidan imtiyoz va ustunliklar berişi tuşunmovçilik uyğotadi.

Butun dunyoda davlat korxonalari, ayniqsa, servis sohasida, köpinça past samarali bölişi heç kimga sir emas: ular teng şaroitlarda ozgina natijaga erişiş uçun köp resurs sarflaydi.

Sanoqsiz imtiyozlardan foydalangan Uzmobile ötgan tört yil içida qanday natijaga erişgani haqida gapirib ötirmasak ham bir savolni bermaslikning iloji yöq: «Ğarb investorining muvaffaqiyatli biznesiga ham zarar yetkaziş şunçalik zarurmi?»

Birgina ötgan yil davomida telekommunikatsiya va antimonopol regulyatorlar qöllab-quvvatlaşi ostida Beeline radioçastota spektrlarining katta qismi va interkonnekt nollaştirilganidan tuşgan 100 mlrd sömdan ortiq tuşum raqobatçilar foydasiga olib qöyildi.

Bu Beeline köproq abonentlarga xizmat körsatayotgan va çastota resurslarini samaraliroq utilizatsiya qilayotgan bir paytda yuz berdi.

Hattoki, Xalqaro elektr aloqasi ittifoqida ham tuşunmovçilik uyğotgan göyoki «uxlayotgan uzatgiçlar» uçun Davlat aloqa inspeksiyasi tomonidan qöyilgan köp milliardlik jarimalar  haqida-ku eslaşni ham istamayman.

Şunisi aniqki, bunday yirik miqdordagi jarimalar davlat operatorlariga emas, balki faqat xususiy operatorlarga solingan.

Şu bilan birga, bizga turli instansiyalar tarmoqni rivojlantiriş uçun investitsiyalarni oşirişni tavsiya qilib kelişadi. Biz bunga e'tiroz bildirmaymiz, aksinça, soha rivojlanişiga yangi turtki beradigan yeçimlarni taklif qilamiz.

Taşqi internet-kanallarga çiqişni demonopolizatsiya qiliş ğoyasini kamida bir yarim yil mobaynida aynan Beeline ilgari surgandi. Va 2020 yildan xalqaro tarmoqlarga çiqiş huquqi barça iştirokçilarga berilişi haqidagi xabar bizda bu yönalişda oldinga siljiş bölişiga umid uyğotgandi. 

Ammo UMS qator imtiyozlar bilan beğaraz asosda «Raqamli işonç» jamğarmasiga topşirilişi yumşoq qilib aytganda, xavotir uyğotadi (UMS 2021 yil 1 dekabrga qadar muddatga telekommunikatsiya sohasida faoliyatni amalga oşirişga litsenziya beriş uçun davlat boji, radioçastotalar spektridan foydalaniş uçun tölov, şuningdek, radioelektron vositalardan foydalaniş uçun ekspluatatsiya yiğimi tölaşdan ozod etilgan.

Bu raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş maqsadida qilingani aytilgan. Ammo nima uçundir bundan tört yil avval Uzmobile’ga taqdim etilgan xuddi mana şu imtiyozlar kutilgan natija bermagani haqida aytilmaydi. Nega ilgari iş bermagan usul bu safar samara beradi deb taxmin qilinmoqda?

Milliy telekommunikatsiya tarixida foydalanuvçilar internet tezligi va sifati borasida hali heç qaçon Innovatsion ğoyalar va texnologiyalar yilida bölganiçalik norozi bölişmagandi, desam adaşmagan bölaman. 

Bu — fakt, bunga koll-markazimizga har soatda kelib tuşayotgan murojaatlar asosida işonç hosil qilmoqdamiz: odamlar nima uçun butun dunyodagilar YouTube va Facebook xizmatlaridan bemalol foydalanişayotganida, Özbekistonda buning uçun VPN örnatiş kerakligini tuşunişmayapti.

Va UMS va Uzmobile’ga zudlik bilan ustunliklar taqdim etiş barçani qutqarişiga bizni işontirişmoqçimi? Xöş, faqat şundagina 2021 yilga kelib Özbekistonda raqamli iqtisodiyot şakllanib qoladimi? 

Afsus bilan aytişi mumkin: şakllanmaydi. Çunki raqamli ekotizim davlat kompaniyalarining boşini silaş bilan emas, bozor va keskin raqobat muhitida paydo böladi.

Davlat korxonalari uçun imtiyozlar xorijlik investorlar uçun juda yomon böğin hisoblanadi, bu imtiyozlar xususiy sektor hisobiga berilişi esa xalqaro kapitalni oçiqçasiga sindiradi.

UMS’ning radioçastota spektridan samarasiz foydalanganlik uçun tölovdan ozod etilişi xuddi şu tölovning xususiy operatorlar uçun oşişiga olib  kelişi mumkin – davlat byudjyeti zarar körmasligi kerak axir.

Ammo paradoks şundaki, AKT faqat bozor şaroitidagina rivojlanişi mumkinligi anglab yetilmaguniça texnologik rivojlaniş yillari boy berilgani uçun aynan byudjyet u yoki bu tarzda katta zarar köradi. AKT sohasining rivojlanişidan foyda köruvçilar esa abonentlar va iqtisodiyot hisoblanadi.

Davlat kompaniyalariga imtiyozlar beriş haqidagi qaror bekor qilinadi degan fikrdamanmi? Yöq.

Ammo biz Beeline’ga ham xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoğiga töğridan-töğri çiqiş huquqi berilişidan umidvormiz. Imtiyozlarsiz bölsa ham — bizga imtiyozning keragi yöq, biz samarali işlaşga örganib qolganmiz va heç qaçon heç qanday imtiyoz olmaganmiz.

Ammo taşqi kanallarga çiqişda teng şaroitlarga ega böliş abonentlarimizning - respublikaning Beeline’ga işonadigan  9,5 mln nafar fuqarolari hayot sifatini yaxşilaşimiz uçun zarur.