Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» 10 yanvarda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi
«O‘zgidromet» O‘zbekistonda 10 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 4-6 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq atrofida, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq atrofida, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 9 yanvar kuni respublikaning barcha hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan quruq, lekin nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:04 / 16.01.2026
Hafta oxirida ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
18:15 / 12.01.2026
Hafta davomida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda
11:42 / 29.12.2025
Hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda – O‘zgidromet
14:58 / 22.12.2025